Barcha yangiliklar
Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 98190
Gallery image 98191
Gallery image 98192
Gallery image 98193
Gallery image 98194
Gallery image 98195
Gallery image 98196
Gallery image 98197
Gallery image 98198
Gallery image 98199
Gallery image 98200
Gallery image 98201
Gallery image 98202
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
10 Mar 2026
19:58

Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
Sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Prezidentning “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori asosida tumanda aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Bundan tashqari, “Payshanba yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab berildi.