Barcha yangiliklar
Fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi
Gallery image 97988
Gallery image 97989
Gallery image 97990
Gallery image 97991
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
10 Mar 2026
15:40

Fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi

Bugun haftalik ish reja asosida xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi va tuman hokimligi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Luqmon Mamadiyorov va mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal sohadagi muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat mutaxassislar tomonidan joyida tahlil qilinib, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.