Barcha yangiliklar
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 97964
Gallery image 97965
Gallery image 97966
Gallery image 97967
Gallery image 97968
Gallery image 97969
Gallery image 97970
Gallery image 97971
Gallery image 97972
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
10 Mar 2026
14:53

Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar boʻyicha doimiy komissiyasi a’zolari M.Mirabdullayev, A.Kulbayev, Kengash raisi O.Babayev, deputatlar A.Mannobov, J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayevalar tomonlaridan tuman Tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔷O‘rganish davomida birlashma xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar bilan tanishganliklari, birlashmaning ma’muriy binosi va markaziy kasalxona binolarida korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha ma’lumot va xabarlar joylashtirilganligi, birlashma tasarrufidagi muassasalarning malakali shifokorlar bilan ta’minlanganlik holatlari va amaldagi mavjud vakant lavozimlar, tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

🔷Aniqlangan kamchiliklar yechimi bo‘yicha birlashma rahbariga tegishli tavsiyalar berildi.