Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda hududdagi muammolar muhokama qilindi
Gallery image 97792
Gallery image 97793
Gallery image 97794
Gallery image 97795
Gallery image 97796
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
06 Mar 2026
09:14

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda hududdagi muammolar muhokama qilindi

 Deputatlar saylov okruglaridagi faoliyati davomida hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishini, yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazmoqda. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Matqulov xalq bilan muloqot qilish, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish maqsadida Naymanboʻston mahallasida bo‘ldi. 

Mahalla yettiligi bilan ochiq va yuzma-yuz muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Mahalliy aholi vakillaridan
kelib tushgan qator murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi.
 

Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mavjud
muammo va takliflar muhokama qilindi.
 

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.