Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
Gallery image 97770
Gallery image 97771
Gallery image 97772
Gallery image 97773
Gallery image 97774
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
03 Mar 2026
08:48

DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi raisi T. Soliyev So‘kchilik MFY binosida mahalla yettiligi va faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallalarda qulay infratuzilma yaratish, xavfsizlikni ta’minlash hamda obodonlik ishlarini kuchaytirish orqali aholining kundalik hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. 

Fuqarolar tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minotini barqarorlashtirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga doir taklif va murojaatlar bildirildi. 

Bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.