Barcha yangiliklar



XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
04 Mar 2026
08:28
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati S.Vosyiev tomonidan “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla
yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv davomida mahallada ichki yo‘llarning tozaligi va obodonlashtirilish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, oilada ayollar va yoshlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, to‘y va marakalarni kamchiqim tarzda o‘tkazish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar va mahalla faollari bilan fikr almashildi.