Barcha yangiliklar
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik
Gallery image 97762
Gallery image 97763
Gallery image 97764
Gallery image 97765
Gallery image 97766
Gallery image 97767
Gallery image 97768
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 Mar 2026
22:28

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrik

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan tuman Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar samimiy tabriklandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, kotibiyat mudiri hamda deputatlar tomonidan ayol deputatlarga bahor, go‘zallik va nafosat bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi.

Tabrik davomida ayol deputatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, hududni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. 

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovon hayot kechirishi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati