Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 97737
Gallery image 97738
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
07 Mar 2026
17:21

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 8-Oybek saylov okrugi deputati D.Ochilova Zarbdor tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i O.Xolmonovga deputatlik so‘rovi yubordi.
O‘rganishlar jarayonida Zarbdor tumani “Oybek” MFY hududida qarovsiz (daydi) itlar soni ortib ketgani, ularning to‘da bo‘lib yurishi aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligiga tahdid tug‘dirayotgani yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgani aniqlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son qarori talablari asosida hududda qarovsiz hayvonlarni tutish va belgilangan tartibda saqlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.