Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 97683
Gallery image 97684
Gallery image 97685
Gallery image 97686
Gallery image 97687
Gallery image 97688
Gallery image 97689
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
07 Mar 2026
14:12

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, saylovchilar tomonidan “Lochin” ko‘chasidagi oqava suvlarni tortib oluvchi zovur (drenaj) tarmog‘i ancha yillardan buyon ishlamayotgani sababli aholi tomorqa yerlarida suv yig‘ilib qolayotgani, natijada ekinlar yaxshi ko‘karmay, hosildorlikka zarar yetayotganligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng deputat mazkur hududda joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi. O‘rganishlar davomida haqiqatan ham ayrim tomorqa yerlarida suv to‘planib, ko‘lmak holat yuzaga kelganligi aniqlandi.

Mazkur masalani hal etish maqsadida deputat tomonidan tuman Irrigatsiya bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilishi, shuningdek zovur (drenaj) tarmog‘ini ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.