Barcha yangiliklar
8-mart bayrami munosabati bilan ayol deputatlar taqdirlandi.
Gallery image 97664
Gallery image 97665
Gallery image 97666
Gallery image 97667
Gallery image 97668
Gallery image 97669
Gallery image 97670
Gallery image 97671
Gallery image 97672
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
07 Mar 2026
13:47

8-mart bayrami munosabati bilan ayol deputatlar taqdirlandi.

8-mart bayrami munosabati bilan ayol deputatlar taqdirlandi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar e’tirof etilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbir doirasida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ubaydullayev Nosir Qodirovich ayol deputatlarni samimiy qutlab, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Tabrik so‘zlarida xotin-qizlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda o‘z zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgani alohida qayd etildi. Shuningdek, erkak deputatlar nomidan ayol deputatlarga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirilib, ularning jamiyat hayotidagi faolligi hamda yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida ayol deputatlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik hamda kelgusi faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilanib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.