Barcha yangiliklar
Joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 97632
Gallery image 97633
Gallery image 97629
Gallery image 97630
Gallery image 97631
Gallery image 97634
Gallery image 97635
Gallery image 97636
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
06 Mar 2026
13:43

Joyiga chiqib o‘rganildi

Joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi O‘zLiDeP deputati Bahodir Xalilov hamda partiya apparati rahbari Ziyoda Rasulova 2-Barakamol avlod saylov okrugiga qarashli Guzar, Objuvoz, Sanoat va Oltitosh mahallalarida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.

Tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar joyida o‘rganildi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatlar davomida chiqindilarni olib chiqish, avtobus qatnovi sifati hamda gaz ballonlari yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish belgilandi.