Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishi.
Gallery image 97586
Gallery image 97587
Gallery image 97588
Gallery image 97589
Gallery image 97590
Gallery image 97591
Gallery image 97592
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
03 Mar 2026
13:31

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Namangan shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish, davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda.

Mazkur masala yuzasidan Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Sattarov Azizbek Davlatalievich tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan holatlar, profilaktik tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot taqdim etilmoqda.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda huquqiy ongni yuksaltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qabul qilinayotgan qarorlar shaharda barqaror va xavfsiz ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.