Barcha yangiliklar
“Deputat-mahallada” loyhasi asosida o‘rganish olib borildi!!!
Gallery image 97571
Gallery image 97572
Gallery image 97573
Gallery image 97574
Gallery image 97575
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
28 Fev 2026
13:26

“Deputat-mahallada” loyhasi asosida o‘rganish olib borildi!!!

“Deputat-mahallada” loyhasi asosida o‘rganish olib borildi!!!

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh.Sadikov tomonidan “Deputat-mahallada” loyihasi doirasida saylov okrugidagi “Baynalmilal” va “Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, muammo va takliflar bilan fikr almashdi.

Mazkur uchrashuv davomida, “Baynalmilal” MFYdagi transformtor yangilanishi hamda Ibrat ko‘chasidagi eski simog‘ochlarni o‘rniga yangi beton simog‘ochlar almashtirish kerakligi haqida tegishli mutasadi tashkilotlarga murojaat etib, masala nazoratga olindi. Shuningdek, saylov okrugidagi 8-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishib, mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etilishi yuzasidan murojaatlar nazoratga olindi.