Barcha yangiliklar
Mahallalarda xavfsiz muhit – Yangi O‘zbekiston strategiyasining muhim yo‘nalishi
Gallery image 97558
Gallery image 97559
Gallery image 97560
Gallery image 97561
Gallery image 97562
Gallery image 97563
Gallery image 97564
Gallery image 97565
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
07 Mar 2026
13:13

Mahallalarda xavfsiz muhit – Yangi O‘zbekiston strategiyasining muhim yo‘nalishi

Mahallalarda xavfsiz muhit – Yangi O‘zbekiston strategiyasining muhim yo‘nalishi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D.Azizova va Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati O.Yusupov 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Namangan shahridagi “Alpomish” va “Majnuntol” mahallalarida bo‘lib, hududdagi holatni joyida o‘rgandi.

Mahalla raislari, profilaktika inspektorlari va faollar bilan ochiq suhbatlashib:

— hududdagi xavfsizlik masalalari, jinoyatchilikning oldini olish;

— aholini qiynayotgan muammolar va murojaatlar;

— yoshlar bandligi va ijtimoiy masalalar;

— mahalla yettiligi hamkorligining natijalari haqida fikr almashdi.

Muloqotlar davomida amaldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham shakllantirildi.