Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 97550
Gallery image 97551
Gallery image 97552
Gallery image 97553
Gallery image 97554
Gallery image 97555
Gallery image 97556
Gallery image 97557
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
07 Mar 2026
13:12

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Xojieva Muyassar Mubillaevna tomonidan saylangan hududdagi 17-sonli maktab bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb egasi bo‘lishi, sifatli ta’lim olishi hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash yo‘nalishlari va zamonaviy kasblar haqida tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, atroflicha javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.