Barcha yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 97488
Gallery image 97489
Gallery image 97490
Gallery image 97491
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
05 Mar 2026
12:33

Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

#YoshlarKuni #Andijon #DeputatUchrashuvi #faolyoshlar 

Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Umarov tomonidan Andijon shahridagi Markaziy dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning tadbirkorlik faoliyati, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda kelajak rejalari yuzasidan fikr almashildi.

✨ Yoshlar — yurt kelajagi!