Barcha yangiliklar
📍Andijon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar orzu-maqsadi va g‘oyalariga ko‘makdoshmiz!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Gallery image 97403
Gallery image 97404
Gallery image 97405
Gallery image 97406
Gallery image 97407
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
01 Mar 2026
11:29

📍Andijon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar orzu-maqsadi va g‘oyalariga ko‘makdoshmiz!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

#ochiqmuloqot #deputat_faoliyati #faolyoshlar

📍Andijon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar orzu-maqsadi va g‘oyalariga ko‘makdoshmiz!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputat M. Jalolov tashabbusi bilan o‘tkazilib, 9- va 11-sinf o‘quvchilari bilan Prezidentimizning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar mazmuni tushuntirildi. 🇺🇿

Uchrashuv davomida deputat yoshlarning orzu-maqsadlari, kelajak rejalari bilan qiziqdi.

👩‍🎓 11-“D” sinf o‘quvchisi Robiya Sohibjonova OTMda tahsil olish niyatida ekanini bildirdi.

👨‍💼 11-“I” sinf o‘quvchisi Akbarshoh Turg‘unboyev esa kelajakda xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

💬 Uchrashuv davomida yoshlar tarbiyasi, jinoyatchilikning oldini olish, sifatli ta’lim va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

✨ Yoshlarning orzu va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash — Yangi O‘zbekiston kelajagini mustahkamlash demakdir!