Barcha yangiliklar
🎉 Yoshlar kuni munosabati bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi
Gallery image 97372
Gallery image 97373
Gallery image 97374
Gallery image 97375
Gallery image 97376
Gallery image 97377
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
27 Fev 2026
11:19

🎉 Yoshlar kuni munosabati bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi

#yoshlar_kuni #deputatlik_faoliyati #faolyoshlar

🎉 Yoshlar kuni munosabati bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi 🇺🇿

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Q.Qayumov hamda bir qator mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan KUAF universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi 👨‍🎓👩‍🎓

Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi 💼📚💡

Deputat Q.Qayumov yoshlar jamiyatning eng katta kuchi va kelajak bunyodkorlari ekanini ta’kidlab, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash har doim ustuvor vazifa bo‘lib qolishini bildirdi 🤝✨

Talabalar tomonidan berilgan savollar tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan takliflar bildirildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun motivatsion va foydali muloqotga aylandi