Barcha yangiliklar
“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA 13-UMUMTA’LIM MAKTABIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Gallery image 97367
Gallery image 97368
Gallery image 97369
Gallery image 97370
Gallery image 97371
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
26 Fev 2026
11:17

“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA 13-UMUMTA’LIM MAKTABIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA 13-UMUMTA’LIM MAKTABIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Navbatdagi ochiq muloqot shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov boshchiligida shahrimizdagi 13-umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqoti bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari, kasb-hunar egallash imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat dasturlari doirasidagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash va startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ham tavsiyalar bildirildi.

Ushbu maktab 6-sinf o’quvchisi Tursunov Muhammadiy IELTSdan 7.5 ballni qo’lga kiritganligi munosabati bilan shahar hokimi Elyorbek Karimov o‘quvchini munosib tabriklab hamda kelgusida ham yuqori marralarni zabt etishi, bilim va salohiyatini yanada oshirishi tilab qolindi.