Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Gallery image 97332
Gallery image 97333
Gallery image 97334
Gallery image 97335
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
07 Mar 2026
10:30

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 7-“Chaqar” va “Barlos” saylov okrugi deputati M.Qodirov o‘zi biriktirilgan mahallalar fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy sohalar, kommunal xizmatlar, infratuzilma va kundalik hayot bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Deputat har bir murojaatni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha ishlar olib borishini ta’kidladi. Ayrim masalalar nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida aholini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha deputat tomonidan taklif va tashabbuslar bildirilib, mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.