Barcha yangiliklar
Ayol deputatlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
Gallery image 97284
Gallery image 97285
Gallery image 97286
Gallery image 97287
Gallery image 97288
Gallery image 97289
Gallery image 97290
Gallery image 97291
Gallery image 97292
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
07 Mar 2026
00:06

Ayol deputatlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi majlislar zalida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tuman Kengashining ayol deputatlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar muammolarini hal etish va mahallalarda olib borilayotgan islohotlarda munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayol deputatlar alohida e’tirof etildi.
Bayram tadbirida so‘zga chiqqanlar deputat ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faolligi hamda deputatlik faoliyatida ko‘rsatayotgan tashabbuskorligi haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, tadbir yakunida tuman Kengashining ayol deputatlariga bayram munosabati bilan samimiy tabriklar izhor qilinib, ularga esdalik sovg‘alari hamda guldastalar topshirildi.