Barcha yangiliklar
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash deputatlari tomonidan shahar Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlar o'z jamoalarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayramona qutlandi.
Gallery image 97236
Gallery image 97237
Gallery image 97238
Gallery image 97239
Gallery image 97240
Gallery image 97241
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
06 Mar 2026
17:52

Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash deputatlari tomonidan shahar Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlar o'z jamoalarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayramona qutlandi.

Ularning jamiyat hayotidagi faolligi, hududlarni rivojlantirish, saylovchilar murojaatlarini hal etish hamda ijtimoiy masalalarda olib borayotgan samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

Ayniqsa, mahalliy Kengashlarda faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar hududlarda aholi manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Tadbir davomida ayol deputatlarga bayram tabriklari yo‘llanib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilandi.