Barcha yangiliklar
E’TIBOR VA E’ZOZDAGI AYOLLAR
Gallery image 97215
Gallery image 97216
Gallery image 97217
Gallery image 97218
Gallery image 97219
Gallery image 97220
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
06 Mar 2026
17:34

E’TIBOR VA E’ZOZDAGI AYOLLAR

Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tashabbusi bilan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tuman Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar bayram bilan samimiy tabriklandi. Bayram tadbirida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov, Kengash raisi Faxritdin Dadamatov, tuman prokurori J.Xayitboyev,
tuman DSI boshlig‘i A.Maxamatov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ayol deputatlarning jamiyat hayotidagi faolligi, hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishdagi
o‘rni alohida e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan ularga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, yig‘ilganlar tomonidan ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi yuksak ekanligi, ularning fidokorona mehnati hamisha e’tibor va e’zozga loyiq ekani alohida ta’kidlandi.