Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 97163
Gallery image 97164
Gallery image 97165
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
06 Mar 2026
16:48

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

✍️ “Eng muhim qonunlar ” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

✅ O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini deputatlar hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

✅ Seminarda N.Turdiyev tomonidan Qonunning maqsadi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar” ni tartibga solishdan iboratligi tushunturildi.

Seminar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

✅ O‘quv seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazish deputatlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.