Barcha yangiliklar
Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda tuman  “Nuroniy” jamg‘armasi  a'zolari va faollari, Olmazor tuman hokimi, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va deputatlar, bo‘lim rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Gallery image 97136
Gallery image 97137
Gallery image 97138
Gallery image 97139
Gallery image 97140
Gallery image 97141
Gallery image 97142
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
06 Mar 2026
16:16

Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi a'zolari va faollari, Olmazor tuman hokimi, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va deputatlar, bo‘lim rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi a'zolari va faollari, Olmazor tuman hokimi, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va deputatlar, bo‘lim rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi. 

 Tuman hokimi nuroniylar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr va takliflari, shuningdek, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari bilan yaqindan tanishdi. Bildirilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari so‘zga chiqib, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga to‘xtalishdi. Hududda o‘tkazilayotgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari yoshlarning ta'lim va tarbiyasida ijobiy natijalar berayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Bu kabi tadbirlar nuroniylar tajribasini yoshlar tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish, jamiyatda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv yakunida nuroniylarga tegishli guvohnomalar topshirildi.