Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Gallery image 97128
Gallery image 97129
Gallery image 97130
Gallery image 97131
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
06 Mar 2026
16:11

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nosirjon Egamberdiyev Ma’naviyat mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan vazifalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan hududdagi ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, ayrim ko‘chalarda yo‘l ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagani, kanalizatsiya tizimini ta’mirlash ishlari tugallanmay qolganligi, ichimlik suvi quvurlarining yorilganligi hamda ayrim hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.