Barcha yangiliklar
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!
Gallery image 97008
Gallery image 97009
Gallery image 97010
Gallery image 97011
Gallery image 97012
Gallery image 97013
Gallery image 97014
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
06 Mar 2026
14:25

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!

🔹Bugun Хalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyatida ushbu go‘zal bayram  8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol deputatlarimizga shahar Kengashi raisi Sh.Dadaboyev boshchiligida barcha deputatlarimiz nomidan alohida e’tibor va hurmat ko‘rsatildi. 

🔹Bayram tadbirida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidoyiligi va matonati yana bir bor e’tirof etilib, samimiy tilaklar bildirildi.

🔹Ayol – mehr va muhabbat timsoli. Ularning sabr-toqati, oqilonaligi va cheksiz g‘amxo‘rligi tufayli hayotimiz yanada fayzli va mazmunli bo‘lib bormoqda. Har bir ona, opa-singil va aziz qizlarimiz nafaqat bayram kunlari, balki yilning har bir kunida e’zoz va e’tiborga sazovor bo‘lsin.

🔹Barcha ayollarimizni bahorning eng go‘zal ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va yorqin kelajak tilaymiz. 💐

✅ Telegram (https://t.me/Quvasoy_kengash) | 📹 Youtube (https://www.youtube.com/@xalqdeputatlariquvasoyshah4636) | ✅ Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100070571914871&mibextid=ZbWKwL)

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali