Barcha yangiliklar
Deputatlar_nazorati
Gallery image 96933
Gallery image 96934
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
21 Fev 2026
00:00

Deputatlar_nazorati

 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Kenjayeva va Sardoba tuman Kengashi deputati Q.O'tayevlar hamkorlikda “Yurtdosh” mahallasi hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va yordamga ehtiyoji bo‘lgan oilalarning xonadonlarini o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida oilaning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy holatlari batafsil tahlil qilindi. nogironligi bo‘lgan shaxslar yashayotgan oilalarga alohida e’tibor qaratildi.

 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, aniqlangan muammolar ro‘yxati shakllantirildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy yordam choralarini kuchaytirish va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi qayd etildi.