Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 96880
Gallery image 96881
Gallery image 96882
Gallery image 96883
Gallery image 96884
Gallery image 96885
Gallery image 96886
Gallery image 96887
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
03 Mar 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

“Eng muhim qonunlar ” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi,

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini deputatlar hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminari Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O'tayev Qurbon Saydullayevich tomonidan o‘tkazildi.

Seminarda O'tayev Qurbon Saydullayevich qonunning Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘quv seminari ishtirokchilari qonunning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, uni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish hamda hududlarda Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligiga qaratdilar. Deputatlar tomonidan Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining kengashi shakllantirilganligi yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.

Seminar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi,

Bunday o‘quv seminarlarini muntazam ravishda o‘tkazish deputatlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun ijrosini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.