Barcha yangiliklar
Deputat qabuli
Gallery image 96875
Gallery image 96876
Gallery image 96877
Gallery image 96878
Gallery image 96879
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
06 Mar 2026
11:46

Deputat qabuli

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H. Davlatov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv davomida hudud aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari hamda aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ularning ijrosi deputat nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi