Barcha yangiliklar
Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 96805
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
06 Mar 2026
10:53

Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining deputati Almardonov Nurqobil Qo‘shtegirmon mahallasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada yo‘lga qo‘yilgan tikuvchilik faoliyati ko‘zdan kechirilib, ish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda mahsulot tayyorlash bosqichlari bilan tanishildi. Mazkur faoliyat orqali bir qator fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanayotgani alohida ta’kidlandi. Deputat tadbirkor bilan suhbat davomida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, mavjud muammolarni o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.