Barcha yangiliklar
Deputat o‘rganuvi amalga oshirildi.
Gallery image 96780
Gallery image 96781
Gallery image 96782
Gallery image 96783
Gallery image 96784
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
06 Mar 2026
10:37

Deputat o‘rganuvi amalga oshirildi.

Deputat o‘rganuvi amalga oshirildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Niyozova 16-Oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rganish maqsadida mazkur maskanga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Tashrif davomida deputat Xusbiddin mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyoz va imkoniyatlarning amalda qay darajada to‘g‘ri qo‘llanilayotganini ham o‘rgandi. Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladi.

 O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Ma'lumot uchun: tuman Kengashining haftalik ish rejasida ko'rsatib o'tilgan.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati