Barcha yangiliklar







SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
05 Mar 2026
18:01
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengash raisi hamda 15-A. Temur saylov okrugidan saylangan deputat Obloqul Isanov S.Ayniy mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari va saylovchilar hududdagi muhim masalalar hamda mavjud imkoniyatlar haqida fikr almashdilar. Jumladan, “Kumush” ko‘chasiga 12 ta elektr beton ustunlarini o‘rnatish, shuningdek, mahallaning “Oydin yo‘l” va “Navbahor” ko‘chalarida 93-qaror bo‘yicha olib borilayotgan dastur ijrosini ta’minlash zarurligi ta'kidlandi.
Deputatlar ushbu murojaatlarni joyida eshitib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.