Barcha yangiliklar
Bugun Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 96640
Gallery image 96641
Gallery image 96642
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
05 Mar 2026
17:48

Bugun Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔷Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔻Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining taqsimlanmagan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;

🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ga asosan Bo‘stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratini amalga oshirish rejasi ijrosi to‘g‘risida;

🔻Bo‘stonliq tumani Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025-yil yakuni bilan daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida.