Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 96630
Gallery image 96631
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
05 Mar 2026
17:42

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, viloyat kengashi deputati Muxtaram Xasanova hamda tuman deputati Axrorjon Ibadullayevlar O‘zbekiston mahallasi binosida mahalla raisi va mahalla faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv davomida aholi turmush sharoiti, mahalladagi infratuzilma va ijtimoiy muammolar yuzasidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan:

➡️ “Sarishta” ko‘chasidagi suvning aholi iste’moli uchun yaroqsiz va sho‘r bo‘lishi sababli yangi quduq qazish;

➡️ Mahalla ichidan o‘tuvchi oqar suv arig‘ini betonlash;

➡️ Hududdan o‘tgan betonlashtirilgan PR-2 kanal qirg‘og‘ini obodonlashtirish.

Deputatlar va mahalla faollari tomonidan ushbu masalalarni joyida muhokama qilinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar belgilandi.