Barcha yangiliklar
Deputatlar oilaviy poliklinikaning qurilishi ishlarini o‘rgandilar
Gallery image 96589
Gallery image 96590
Gallery image 96591
Gallery image 96592
Gallery image 96593
Gallery image 96594
Gallery image 96595
Gallery image 96596
Gallery image 96597
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
05 Mar 2026
17:17

Deputatlar oilaviy poliklinikaning qurilishi ishlarini o‘rgandilar

 Deputatlar oilaviy
poliklinikaning qurilishi ishlarini o‘rgandilar 

2025 yilning
7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni
saqlash tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan
yig‘ilishda belgilangan vazifalar, xususan, “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasida
belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumanda qator ishlar
amalga oshirilgan.  

Ushbu ishlarni
bajarilishi doirasida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot
muassasalaridagi qurilish, ta’mirlash ishlari bo‘yicha navbatdagi o‘rganishlarni
olib bordilar. 

Deputatlar,
hususan, Novent mahalla fuqarolar yig‘inidagi 9-son oilaviy poliklinikada “Mirzo
Saodat” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish
ishlarining sifat holatini o‘rgandilar. 

O‘rganishlar
davomida deputatlar mazkur oilaviy poliklinikadagi qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan
muddatdan kechiktirilgani, shu bilan birga sifatli bajarilmaganligini ta’kidladilar
va bu borada tegishli organlarga bajarilgan ishlarga sifatiga huquqiy baho berish
yuzasidan axborot kiritdilar.