Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 96539
Gallery image 96540
Gallery image 96541
Gallery image 96542
Gallery image 96543
Gallery image 96544
Gallery image 96545
Gallery image 96546
Gallery image 96547
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
05 Mar 2026
16:38

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tadbir boshida Kengash raisi Obloqul Isanov deputatlarga yaqinda Senatda o‘tkazilgan kengash raislari va hokimlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarida berilgan amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar asosida hududlarda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, qonunlarni amalda qo‘llash va saylovchilar bilan muloqotni mustahkamlash borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, tuman Adliya bo‘limi tomonidan deputatlarga huquqiy savodxonlikni oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni joylarda targ‘ib qilish va aholiga huquqiy tushuntirishlar berish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Seminarda shuningdek, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlariga oid savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, kelgusidagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.