Barcha yangiliklar
🔘Jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!
Gallery image 96493
Gallery image 96494
Gallery image 96495
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
05 Mar 2026
16:17

🔘Jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!

🔹Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati S.Xidirova Doʻstlik mahallasiga tashrif buyurdi.

🔹Tashrif davomida deputat mahalla “yettiligi” aʻzolari bilan yaqindan suhbatlashib hududda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, profilaktik tadbirlar, aholi oʻrtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik mexanizmlari koʻrib chiqildi.

🔹Shuningdek, yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar va reja asosidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Hududda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda ijtimoiy muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.