Barcha yangiliklar
Sayyor Qabul
Gallery image 96473
Gallery image 96474
Gallery image 96475
Gallery image 96476
Gallery image 96477
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
05 Mar 2026
16:10

Sayyor Qabul

Uchquduq tumani hokimi, Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Uchqun Yelmuratov “Uzunquduq” ovulida bo‘lib, aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning mavjud muammo va takliflari tinglandi. Mahalla aholisi tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Jumladan:

 1.Tuman markazidan ovulga olib keladigan 6 km masofali yo‘lni ta’mirlash;

2. Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sun’iy qoplamali sport maydonchasi qurish takliflari bildirildi.

Qabul davomida ovul aholisi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanishini inobatga olib, chorva mollarini ko‘paytirish orqali oilalar daromadini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar belgilab olindi.