Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI.
Gallery image 96412
Gallery image 96413
Gallery image 96414
Gallery image 96415
Gallery image 96416
Gallery image 96417
Gallery image 96418
Gallery image 96419
Gallery image 96420
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
05 Mar 2026
15:11

DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan Parkent tumani 49-umumta’lim maktabi majlislar zalida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Shuningdek, deputat tuman Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surganini ta’kidladi. Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga atroflicha javob berdilar. Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.