Barcha yangiliklar
Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi
Gallery image 96368
Gallery image 96369
Gallery image 96370
Gallery image 96371
Gallery image 96372
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
05 Mar 2026
14:29

Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi

📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari doirasida tumandagi "Deycha" MFYda “mahalla yettiligi” hamda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha masalalar nazoratga olindi.

https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi