Barcha yangiliklar
Hashar — elga yarashar!
Gallery image 96315
Gallery image 96316
Gallery image 96317
Gallery image 96318
Gallery image 96319
Gallery image 96320
Gallery image 96321
Gallery image 96322
Gallery image 96323
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
05 Mar 2026
13:38

Hashar — elga yarashar!

Hashar — elga yarashar!

Joriy yilning 1-mart kuni Ziyokor mahallasi hududida keng ko‘lamli tozalik va obodonlashtirish ishlari yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Ushbu ezgu tadbirda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna — ham faol ishtirok etib, mahalla ahli bilan birgalikda obodonchilik ishlarida qatnashdi.

Hashar davomida ko‘chalar, ichki yo‘laklar, ariqlar hamda jamoat joylari tozalanib, tartibga keltirildi. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, hududlarni yanada ko‘rkam va fayzli qilishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada mahalla yanada chiroy ochib, pokiza va sarishta ko‘rinish kasb etdi.

Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol qatnashib, hamjihatlik va birdamlikning yorqin namunasini ko‘rsatdilar. Hashar nafaqat hududni obod qilish, balki qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Bunday xayrli tashabbuslar mahallalarda poklik va ozodalikka bo‘lgan e’tiborni mustahkamlab, obod va farovon hayot sari dadil qadam tashlashga undaydi.