Barcha yangiliklar
DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.
Gallery image 96262
Gallery image 96263
Gallery image 96264
Gallery image 96265
Gallery image 96266
Gallery image 96267
Gallery image 96268
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
05 Mar 2026
12:31

DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna va Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich hamda Parkent tumani adliya bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda Parkent tumani “Chinorbuloq” MFYda targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbir davomida ma`sullar tomonidan yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora tadbirlari to‘g'risida"gi PQ-1-son qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar va hududdagi keng ko‘lamli bunyodkorlik bo‘yicha ma`lumotlar berildi. Shuningdek mahalla aholisiga hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik va kiberjinoyatlar, ularning sodir etilishi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Shundan so‘ng “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va ishootlarga bo’lgan huquqlarni e’tirof etish to’g’risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida aholining kadastr va uy-joy masalasi bo’yicha savollariga atroflicha javoblar berildi.