Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
Gallery image 96211
Gallery image 96212
Gallery image 96213
Gallery image 96214
Gallery image 96215
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
05 Mar 2026
12:03

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Karomat Mamanova va tuman hokimi o'rinbosari Durdona Djabbarova hamda mahalla faollari 15-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kelajak kasbini tanlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. 

Deputat yoshlarni ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallashga, kitob mutolaasiga e’tibor qaratishga hamda jamiyat hayotida faol bo‘lishga chaqirdi.

Bundan tashqari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini rivojlantirish va turli tanlov hamda loyihalarda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish muhim ekani alohida qayd etildi.