Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvot o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan mahalla  yettiligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 96209
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
05 Mar 2026
11:50

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvot o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvot o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda obodonlashtirish borasidagi sa’y-harakatlar atroflicha muhokama qilindi. Deputat mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, hudud aholisi bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan masalalarni tingladi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish choralarini ko‘rishini ta’kidladi.