Barcha yangiliklar
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Gallery image 96086
Gallery image 96087
Gallery image 96088
Gallery image 96089
Gallery image 96090
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 Mar 2026
01:58

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Mazkur tadbir Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari Z. Menga­rova, A. Narmuradov
hamda O‘zbekiston XDP Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Avazovlar tashabbusi bilan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi.
 

Tadbir davomida so‘zga chiqqan deputatlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot
berdilar. Xususan, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, yoshlar hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, strategiya doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini
bildirdilar. Ayniqsa, yoshlarni qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil javoblar berildi.
 

Tadbir yakunida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.