Barcha yangiliklar
Adolatli taqsimot — xalq ishonchi kafolati
Gallery image 96054
Gallery image 96055
Gallery image 96056
Gallery image 96057
Gallery image 96058
Gallery image 96059
Gallery image 96060
Gallery image 96061
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
04 Mar 2026
21:14

Adolatli taqsimot — xalq ishonchi kafolati

 Adolatli taqsimot — xalq ishonchi kafolati 

  

🔹 Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
raisi B.Axmadjonov ishtirokida Inson ijtimoiy himoya markazi tasarrufidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi
hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining
maqsadli sarflanishi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
 

🔹 Yig‘ilishda
asosiy e’tibor har bir ajratilgan mablag‘ning haqiqiy ehtiyojmand oilalarga yetib
borishi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mas’uliyatni kuchaytirishga qaratildi.
Ta’kidlanganidek, ijtimoiy yordam — bu shunchaki mablag‘ emas, balki aholi ishonchi
va davlat g‘amxo‘rligining ifodasidir.
 

🔹 Shuningdek,
moliyaviy nazoratni mustahkamlash, iqtisodiyot va g‘aznachilik bo‘limlari mas’ullarini
jarayonga keng jalb etish, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha
takliflar bildirildi.
 

Belgilangan
vazifalar ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, adolat va shaffoflik
tamoyillarini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.
 

  

Telegram
| Facebook | YouTube