Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyalar majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Gallery image 96033
Gallery image 96034
Gallery image 96035
Gallery image 96036
Gallery image 96037
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
04 Mar 2026
19:23

Doimiy komissiyalar majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid bir qator masalalar muhokama qilindi.

🔹Majlisda tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hisoboti, 2026-yilda hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

🔹Shuningdek, tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im stavkalarini oshirish, Prezidentning PQ-468-sonli qarori ijrosi hamda Kengashning 2025-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🔹Majlis yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.