Barcha yangiliklar







GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
04 Mar 2026
18:46
Xonadondagi issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai.
“Uyas” mahallasida yashovchi Ibragimov Po‘lat xonadonida 30 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etib, bulgar kalampiri yetishtirib kelmoqda.
Po‘lat aka xonadonidagi issiqxonadan samarali foydalanib, nafaqat oila daromadini oshirmoqda, balki mahallada boshqalarga ham o‘rnak bo‘layotgan namunali issiqxonachilardan biriga aylangan.
Deputat va faollar issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirar ekan, bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini ko‘paytirish va ichki bozorda arzon hamda sifatli mahsulotlar yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.