Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 95865
Gallery image 95866
Gallery image 95867
Gallery image 95868
Gallery image 95869
Gallery image 95870
RAJABOV TOSHPO‘LAT CHORI O‘G‘LI
03 Mar 2026
16:31

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputatlari Ch.Yusupov va A.Toshpo'latovlar tuman Kengashi kotibiyati tomonidan belgilangan haftalik ish rejas ijrosi asosida tumandagi "Neftchilar" va "Mexnat-roxat"mahallalarida yettilik bilan uchrashib, hududda yangi barpo etilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilish jarayonlari yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi” — Kengash — Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida deputatlar A.Toshpo'latov va Ch. Yusupov tumandagi "Mexnat-roxat" va “Neftchilar” mahallasida yettilik bilan uchrashib, "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazdi. 

O‘rganishlar davomida “Neftchilar” mahallasida yangi barpo etilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilish jarayonlari, qurilish ishlarining sifati va shaffofligini ta’minlash, aholiga topshiriladigan uylarning har tomonlama talablarga javob berishi, qurilish materiallarining davlat standartlariga mosligi, ishlarning belgilangan grafik asosida borilishi bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi